أهلا وسهلا ومرحبا إلى صحيفتنا
01 / 01

أهلا وسهلا ومرحبا إلى صحيفتنا

Саҳифамизга хуш келибсиз, марҳабо!

Egalik olmoshlari

الضمائر المتصلة

Egalikni ifodalovchi  olmoshlar

         Tilshunoslikda hozirgi o‘zbek va arab tillaridagi egalik kategoriyasi ilmiy jihatdan atroflicha o‘rganilgan.[1] Lekin turli til oilalariga mansub bu ikki til, agar egalik kategoriyasidagi ayrim o‘xshash jihatlar, farqlar haqida aytilgan umumiy fikrlar hisobga olinmasa,[2] chog’ishtirma tarzda ilmiy asosda chuqur tekshirilmagan. Ushbu ishimizning bu bobida o‘zbek va arab tillarida egalik kategoriyasining o‘ziga xos shakllari, egalik affiksining negizga qo‘shilish natijasida yuz beradigan ayrim fonetik hodisalar, egalik munosabatlarining morfologik, sintaktik usullar bilan ifodalanishi, turli so‘z turkumlariga qo‘shilib kelgan egalik affikslarining ma’no ifodasi, ularning umumiy va farqli jihatlarini chog’ishtirma tahlil qilishni maqsad qilib oldik.

         Arab nahvshunoslaridan Ahmad al-Hoshimiy[3] hozirgi arab tilida egalik kategoriyasini ifodalovchi egalik affikslari bevosita bir-biri uchun zarur munosabatlarni ifodalay olishini ta’kidlab, so‘z boshida kelmasligini, إلّا [4] dan keyin ham kelmasligini, shuningdek, o‘zi bog’lanib kelgan so‘zning tarkibiy qismi bo‘lib kelishini yozib, arab tilidan إبْنِي - o‘g’lim kabi misollarni keltiradi.

         Abdurahmon ibn Muhammad Anbariy[5] egalikni ifodalovchi qo‘shimchalarni “egalik qo‘shimchalari (ضميرمتصل) sohiblik, oidlik, tegishlilik qo‘shimchalaridir,”- deb ta’riflaydi.

         Professor Sh.Rahmatullayev egalik kategoriyasini “Biror o‘zakka kelishik kategoriyasidan oldin, ammo son kategoriyasi shaklidan keyin qo‘shilib, o‘zi qo‘shilgan o‘zakdan anglashiluvchi pedmetning birlik yoki ko‘plikdagi uch shaxsdan biriga nisbat berilayotganini ifodalovchi morfemaga egalik affiksi deyiladi, egalik olib o‘zgarish va shunday o‘zgarishni birlashtiruvchi turkumga esa egalik kategoriyasi deyiladi,”- deya ta’riflaydi.[6]

         Otlarda egalik kategoriyasi muayyan prdemet va uning egasi o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi grammatik kategoriyadir. Bu kategoriyaning vazifasi muayyan narsaning har uchala shaxsdan biriga tegishli ekanligini anglatuvchi grammatik ma’noni ifodalashdan iborat. Bunday grammatik ma’no biror shaxs yoki predmetga qarashli obyektni bildiruvchi so‘zlardan so‘ng har uchala shaxsning birlik (arab tilida ikkilik) va ko‘plik sonda egalik affikslarini orttirish orqali ifodalanadi.

         O‘zbek v arab tillari bir-biridan uzoq tillar bo‘lgani uchun egalik affikslari anglatadigan ma’nolari, mohiyati bir xil bo‘lsa ham,  egalik affikslari arab tilida  ضمير متصل deb nomlanadi. “qo‘shilib yoziluvchi olmoshlar” aynan o‘zbek tilidagi egalik affikslaridir. O‘zbek tilidagi egalik affikslari ikki variantga ega, arab tilida esa bu holat kuzatilmaydi. Bu jihati bilan hozirgi o‘zbek tili arab tilidan farq qiladi. Bu holatni ko‘rsatish uchun quyidagi jadvalni keltiramiz.

Arab tilida egalik qo‘shimchalari

1-jadval

 

Birklik

Ikkilik

Ko‘plik

shaxs

Mz.

Mn.

Mz.

Mn.

Mz.

Mn.

I

- ِي

-

- نَا

II

- كَ

- كِ

- كُمَا

- كُمْ

- كُنَ

III

- هُ

- هَا

- هُمَا

- هُمْ

- هُنَّ

             

O‘zbek tilida egalik qo‘shimchalari

2-jadval

 

Birlik

Ko‘plik

shaxs

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

I

-m

-im

-miz

-imiz

II

-ng

-ing

-ngiz

-ingiz

III

-si

-i

-lari

        

Jadvalda arab tilidagi egalik grammatik kategoriyasi affikslari ikkilik son, jins bo‘yicha alohida variantliligi bilan o‘zbek tilidagi egalikqo‘shimchalaridan farqlanishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Arab tilidagi bu ikkilik son, jins bo‘yicha variantlilikning sababi shundaki, arab tilida jins kategoriyasi alohida kategoriya bo‘lib, shakllanganligidadir.

Egalik affikslarining ko‘plik shakllari o‘zbek tilida quyidagicha morfemalarga ajratish mumkin: -miz = m+iz; -ngiz = ng+iz. Arab tilida egalik affikslarida morfemalarga ajratish hodisasi kuzatilmaydi. O‘zbek tilida egalik affikslarining negizga qo‘shilishi bilan ba’zi fonetik hodisalar ro‘y beradi.

Mashhur arab tilshunoslaridan biri Mustafa G’alayiniy egalik affikslari haqida: “Egalik affikslari bilan gap boshlanmaydi,
إلّا dan keyin faqat she’rda qofiya sababgina bu affikslar keladi”, - deb ta’riflaydi.[7]

أعوذ برب العرش من فئةٍ بغتْ عليَّ، فما لي عوضُ إلّاهُ ناصرُ.

Mening uchun O‘zidan o‘zga yordamchi bo‘lmagan Ulug’ arsh Robbbisidan meni qasd qilganlardan panoh so‘rayman.[8]

         Arab tilida egalik olmoshlari otga, fe’lga, yordamchi so‘z turkumlaridan ko‘makchilarga qo‘shilib keladi. O‘zbek tilida bu kabi holat kuzatilmaydi.

أحب كتابي هو كتاب لشهر في العالم.

Eng sevimli kitobim jahondagi eng mashhur kitobdir.

يكتب العالم البارز الكتاب منفردا و لكن يقرأه كثير من الناس.

Taniqli olim bir o‘zi kitob yozadi, lekin ko‘p insonlar uni (kitobni) o‘qiydi.

أهنا العزيزة اشترت لي تحفة ثمينة بمناسبة يوم ميلادي.

Aziz onamiz tug’ilgan kunim munosabati bilan men uchun qimmat sovg’a sotib oldi.

Bu va boshqa misollardan kuzatib blib olish mumkinki, egalik affikslari fe’lga yoki ko‘makchiga qo‘shilib kelsa, gapda to‘diruvchi (vositali yoki vositasiz) vazifasida keladi. Otga qo‘shilganda esa bunday chegaralanish kuzatilmaydi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, I va II shaxs birlik egalik affiksining adabiy til namunasi –m, -im, -ng, -ing hisoblanadi. Lekin og’zaki nutqda, badiiy asarlar tilida bu normadan chekinish holatlari uchraydi. Ya’ni I,II shaxs egalik affikslari oxiri “o” va “u” bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, ko‘pincha “y” orttiriladi. Masalan: orzuyim, orzuying, orzuyimiz, orzuyingiz. Bu holat adabiy tilda me’yorlashtirildi.

Arab tilida egalik affikslari o‘zakka qo‘shilishiga o‘ziga xos fonetik hodisalar kuzatiladi. I shaxs egalik affiksi (-m, -im) - ِي. Bu affiks birlikda turgan muzakkar, muannas so‘zlar oxirgi morfologik ko‘rsatkichi tushib qolishi hisobiga shu o‘zakka qo‘shiladi. Demak bunda so‘z oxiri qanday morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmasin, oxiriga - ِي affiksi qo‘shiladi.

Masalan:

مَدْرَسَةٌ - maktab

مَدْرَسَتِي- maktabim

أُمٌّ - ona

أُمِّي - onam

So‘z oxiri ة “ta marbuta” bilan tugagan bo‘lsa, negizga egalik affikslari qo‘shilsa, bu harf ت “ta mamduda”ga o‘zgaradi.

Ikkkilik va to‘g’ri ko‘plikda kelgan otlarga ِي egalik affiksi qo‘shilsa, ikkilik va ko‘plik tarkibidagi ن har qanday holatda ham tushib qoladi. Bunday so‘zlarga ِي egalik affiksi يَ bo‘lib qoshiladi. Masalan:

مُدَرِّسُويَ في الجامعة يشتركون كل سنة في الم}تمرات العلمية الدولية.

Universitetdagi o‘qituvchilarim har yili xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishadi.

O‘qituvchi - مُدَرِّسٌ

O‘qituvchilar - مُدَرِّسُونَ

O‘qituvchilarim – مُدَرِّسُويَ

صديقاي القديمان جاآ إلينا من وادي فرغانة لزيارتي.

Ikki qadrdon do‘stim meni ko‘rgani biznikiga Farg’ona vodiysidan kelishdi.

Do‘st - صَدِيقٌ                  ikki do‘st - صَدِيقَانِ ikki do‘stim – صَدِيقَايَ

Siniq ko‘plikda kelgan otning oxirgi morfologik ko‘rsatkichi “u” bo‘lsa, bu ko‘rsatkich ِي affiksi qo‘shilganda tushib qoladi. Masalan: زُمَلاءُ - hamkasblar, زُمَلائِي - hamkasblarim.

Oxirgi morfologik ko‘rsatkichi “sukun” yoki cho‘ziq “i” bo‘lsa, egalik affiksi tashdidlanib qo‘shiladi:

كتابَيْ+يَ= كتابَيَّ  - ikkita kitobim

مُعَلِّمي+يَ=مُعَلِّمِيَّ  - o‘qituvchilarim  

Oxirgi morfologik ko‘rsatkichi “alif maqsura” (ي) bilan tugagan so‘zlarga I shaxs egalik affiksi qo‘shilsa, alif maqsura “alif” (ا) ga o‘zgaradi. ِي egalik affiksi يَ tarzida qo‘shiladi.

قالت المرأة: جاء زوجي بحلاي هذه من البلدان العربية.

Ayol dedi: “Bu zeb-ziynatlarimni erim arab davlatlaridan olib kelgan”.

zeb-ziynatlar - حِلًي         zeb-ziynatlarim – حِلايَ

Har uchala shaxs egalik affikslarini birgina misol bilan ko‘rsatsak:

كِتَابُهُ             كِتَابُهما          كِتَابُمُمْ

كِتَابُهَا            كِتَابُهُمَا          كِتَابُهُنَّ

كِتَابُكَ            كِتَابُكُمَا          كِتَابُكُمْ

كِتَابُكِ            كِتَابُكُمَا          كِتَابُكُنَّ

كِتَابِي                               كِتَابُنَ

O‘zbek tilida I va II shaxslarda egalik qo‘shimchasisiz egalik ifodalangan birikmalarni tuzish imkoni bor. Lekin arab tilida bu holat kuzatilmaydi. Bizning uy, sizlarning shahar kabi. Arab tilida بَيْتُنَا، بَلْدَتُكُمْ egalik qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi.

         O‘zbek tilida egalik affikslari qo‘shilganda so‘z oxirida fonetik hodisalar sodir bo‘ladi. Ikki va undan ortiq bo‘g’inli so‘z oxiridagi jarangsiz q, k undoshlari jarangli undoshga almashadi: quloq – qulog’i, yurak – yuragi. O‘zbek tilida parallel qo‘llanuvchi kitobinglar – kitoblaring variantlari ko‘proq og’zaki nutq va shevalar, badiiy asar tiliga xos bo‘lib, sinonimlar sifatida ishlatilishi mumkin. –ingiz affiksi ham jonli so‘zlashuv tilida keyingi shakllar bilan teng qo‘llanadi. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida III-shaxsning ko‘plik shakli uch xil variantga ega: kitobingiz - kitobinglar – kitoblaring kabi. Arab tilida esa faqat كِتَابُكُمْ، كِتَابُكُنَّ  variantlari bor.

O‘zbek tilida III shaxs egalik affiksining –i va –si variantidan qaysi biri qo‘llanishi ma’lum qoida asosida yuzaga keladi. Biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash adabiy til me’yoriga mos kelmaydi. Arab tilidagi  هَا، هُ، هُمْ، هُنَّ egalik affikslari ham huddi shunday.

Har bir tilda egalik affikslarining negizlarga qo‘shilishida o‘ziga xos qoida mavjud. O‘zbek tilida birlikdagi negizdan so‘ng egalik affikslarining barchasi qo‘shiladi. Lekin ko‘plikda negizdan keyin –laring, -lari affikslari qo‘shilmaydi, chunki ikkita –lar qator kelib qoladi. Arab tilida esa bu holat me’yoriy hisoblanadi va egalik affikslari qo‘shilib kelaveradi. Chunki –lar ma’nosini, -lari ma’nosini beruvchi affikslar bir xil emas. O‘zbek adabiy tilida ko‘plikda turgan negizdan keyin –(i)nglar egalik affiksi ham qo‘shilmaydi.

Shaxs ko‘rsatkichlarining birlikdagi –i, -ing affikslari faqat bir ma’noni ifodalasa, ko‘plikda –(i)miz, va –(i)ngiz affikslari ko‘p ma’nolidir. Chunki ular qo‘shilgan o‘zak orqali ko‘p shaxsga va bir shaxsga qaratilgan hurmat ma’nosi ham anglashiladi:

Ustozimiz – bizning ustozimiz; ustozimiz – mening ustozim,

Ustozingiz – sizning ustozingiz; ustozingiz – sening ustozing.

Misollardan ko‘rinib turibdiki, bu egalik affikslari birinchi ma’nosida shu shaxslarning ko‘pligini, ikkinchi ma’nosida esa shu shaxslar birligining sizlash, hurmat ma’nosini ifodalamoqda. Demak, I va II shaxsning –(i)miz, va –(i)ngiz affikslari ko‘p ma’noli, -(i)nglar, -laring variantlari esa bir ma’noli bo‘lib, keyingi ikki vatiant ham ma’noda o‘zaro farq qiladi: -(i)nglar  sizlab, -laring  senlab gapirishda qo‘llanadi. Arab tilida bunday holat yo‘q.

         III shaxs egalik affiksi –i ham ma’no ifodasiga ko‘ra farqlanadi. Agar I va II shaxsdagi egalik affikslari o‘zi qo‘shilgan o‘zakdan anglashilgan predmet yoki  belgini kishilarga nisbatlasa, III shaxs egalik affiksi ham kishilarga, ham boshqa predmetlarga nisbatlashi mumkin. Masalan: muhabbati (kimning), oynasi (nimaning); شُبَّاكُهُ، حُبُّهُ

III shaxs –i ko‘rsatkichi son jihatdan farq qilmaydi. Shuning uchun uning daftari, ularning daftari tarzida ishlatish mumkin. Lekin I, II shaxs egalik affikslari kabi shaxsda hurmat, sizlash ma’nosida moslashadi. III shaxsning –lari affiksi ham yuqoridagi kabi ikki ma’noda. Bu kabi ma’no bildirish faqatgina o‘zbek tiliga xos bo‘lib, arab tilida bu kabi ma’no farqlash kuzatilmaydi.

 

Akmalxon Akmalxonov

 

[1] Ўзбек тили грамматикаси I (Морфология). –T., 1975. -144-190 б.

مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.:ناشرون.2010. – 113-129 ص

[2] Иброҳимов Н., Юсупов М. Араб тили грамматикаси. I, II. Ж.  –Наманган: Ибрат, 2009.

Талабов Э. Араб тили. –Т.: Ўзбекистон, 1992.

Абдужабборов А. Араб тили. –Т.:Тошкент ислом университети, 2007.

[3] احمد الخاشمي. القواعد الأساسية .القاهرة. 79.1993 - ص

[4] Istisnoliokni ifodalovchi so‘z.

[5] عبد الرحمان بن محمد الانبري. اسرار العربية. (بتحقيق محمد البيطار)- دمشق.1958 .-341- ص

[6] Ш. Раҳматуллаев. Ўзбек тили грамматикаси I. –T., 1975. -144 б.

[7] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 113 ص

[8] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 113 ص

ЭЛЕКТРОН ДАСТУРЛАР

Андроид дастурлар


Рейтинг@Mail.ru

АНВАР АҲМАД

GRAND TA'LIM нодавлат таълим муассасаси катта устози Анвар Аҳмад таълим даргоҳига асос солинган илк кунлардан бери фаолият юритади. Араб тили грамматикасида оид кўплаб дарслик ва адабиётлар тўпловчиси ва муаллифларидан.

arabic.uz сайтининг муҳаррири, "Риёзус солиҳийн", "Ал-Азкор", "Саодатга етакловчи ҳикматлар" ва бошқа кўплаб асарлар таржимони ва нашрга тайёрловчиси.

Анвар Аҳмад 1977 йилда таваллуд топган, оилали 4 нафар фарзанди бор. Миср Араб Республикасининг Азҳари Шариф, ал Азҳар институтлар бўлими, эъдодий ўрта-махсус билим юртини тамомлаган.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг шогирди. "Саҳиҳи Бухорий"дан шайх хазратларидан ижоза олган. “Олтин силсила” таржимонлар гуруҳининг аъзоси.

Аввал Миср Араб республикаси элчихонаси қошидаги фан ва таълим марказида араб тили ўқитувчиси, 2008 йилдан эса GRAND TA’LIM етакчи ўқитувчиларидан.

МАҚСАДИМИЗ

Миллий қадриятларимиз, маънавий бой меросимизни тиклаш ва уларни чуқур ўрганиш, унинг мазмун-моҳияти ва аҳамиятини халқимиз ўртасида тарғиб этиш, имом Замахшарий, Абдураҳмон Жомий каби бобокалонларимиз ижод қилган араб тили ва грамматикасига бўлган рағбатни қондириш, сақланаётган тарихий ва нодир қўлёзмаларни авлодларга етказиш, аждодларимиз ҳаёти, ахлоқи ва юксак маънавиятини ифодаловчи матнларни таржима қилиб, ёшлар қалбида улар қолдирган меросга ҳурмат, эъзоз ва муҳаббат туйғусини шакллантириш.

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ:  [email protected]