أهلا وسهلا ومرحبا إلى صحيفتنا
01 / 01

أهلا وسهلا ومرحبا إلى صحيفتنا

Саҳифамизга хуш келибсиз, марҳабо!

Izofa

إضافة 

Qaratqichli birikma

 

Egalik munosabatlarini ifodalashda ko‘p qo‘llaniladigan kelishik qaratqich kelishigidir. Qaratqichli birikma bevosita qaratqich kelishigi orqali hosil qilinib, ikki qismdan iborat bo‘lishi yuqorida ta’kidlandi. Arab tilida qaratqichli birikma egalik ma’nosini ifodalovchi va keng qo‘llaniluvchi morfologik-sintaktik tushuncha hisoblanadi. Arab tilida egalik ma’nosini ifodalovchi birikmalarning bari qaratqichli birikmalar hisoblanishi, morfologik-sintaktik usul orqali ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat birikmalar yasalishi va bu birikmalarning keng qo‘llanishi arab tili grammatikasida qaratqichli birkmalarning keng o‘rganilishiga sabab bo‘la oladi.

Qaratqichli birikma arab tilidaإضافة   “izofa” deb nomlanadi. Izofa ikki qismdan iborat: “muzof” (مضاف) va muzof ilayhi (مضاف إليه) (qaratqich va qaralmish).

Mustafa G’alayiniy: “Izofa – ikki so‘z o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, ikkinchi so‘z doim qaratqich kelishigida keladi,”- deb aytadi.[1]

Ahmad al-Hashimiy: “Izofa  bir otning boshqasi bilan egalik munosabati bo‘lib, boshqasi doim qaratqich kelishigida kelishidir”,- deb yozadi.[2]

Abdurahmon ibn Muhammad al-Anbariy: “Izofa necha ma’noda bo‘ladi desa, ikki ma’noli bo‘ladi: biri ل  (-ning, qarashlilik), ikkinchisi من  (oidlik) dir.

غلام زيد- Zaydning ishchisi (الغلام لزيد)

ثوب خز (ipakdan ishlangan kiyim) ipak kiyim”, - deya tushuntiradi.[3]

Muzof va muzof ilayhi bo‘lib kelgan ikki ot o‘rtasida qaratqich kelishigi bu ikki so‘zni sintaktik bog’lashga xizmat qiladi.

         Qaratqichli birikma, ya’ni izofaning 4 turi mavjud. Bu bo‘linish qanday ma’no ifodalanishiga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bular: لامية  (tegishlilik), بيانية (oidlik), ظرفية (makon va paytga oidlik), تشبيهية (o‘xshashlik).

لامية - tegishlilik. Bu izofa turi tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi. Bunday nomlanishiga sababل  ko‘makchisi bilan ma’nosi bir bo‘lganligidir.

Bu ot Alinikidir – 1.هذا حصان علي  2. هذا الحصان لعلي 

Birinchi gapda izofa holatida, ikkinchi gapda izofa o‘rnida ل ko‘makchisi bilan izofa vazifasida bo‘lgani uchun izofasiz ifodalandi.

بيانية  - oidlik. Izofaning bu turi bir jism ikkinchi bir jismdan ishlanganligi, bir jism ikkinchi bir jismning tarkibiy qismi ekanligini ifodalaydi.

Bu yog’och(dan ishlangan) eshikdir –هذا باب خشب

ظرفية  - makon va zamonga oidlikni ifodalovchi izofaning bu turi في ko‘makchisi bildirgan ma’no bilan bir xil vazifani, ma’noni ifodalaydi.

Tundagi bedorlik (tun bedorligi) – سهر الليل

Og’ir kunlardagi do‘st (og’ir kunlar do‘sti) – صديق الأيام الغابرة

Ey qamoqxonadagi ikki hamroh (ey qamoqxonaning ikki hamrohi) – يا صاحبي السجن

تشبيهية  - o‘xshashlik ma’nosini ifodalovchi izofaning bu turi ك ko‘makchisi bajargan vazifani bajaradi.

انتثر لؤلؤ الدمع على ورد الخدود     Orazning guli ustida ko‘z yoshning marvaridi tarqaldi.

Bu so‘zma-so‘z tarjima (shunday tarjima qilinsa, ma’noga putur yetishi, tarjima g’aliz chiqishi turgan gap. Hozirda ham ko‘p trajimalardagi g’alizlik ayni shu kabi grammatik nozik jihatlarni bilmaslikda, chog’ishtirma arab tili grammatikasini yaxshi tushinmaslik sabab kelib chiqmoqda).

Gul yanglig’ orazda marvarid kabi yoshlar tarqaldi.

Shuningdek, izofa ifoda maqsadiga ko‘ra yana ikki turga bo‘linadi[4]:

  1. Ma’naviy izofa إضافة معنوية 
  2. Lafziy izofaإضافة لفظية

Ma’naviy izofa – oidlik, tegishlilik ma’nosini ifodalaydi. Masalan: مفتاح الدار - hovli kaliti,   مأكول الناس - insonlar ozuqasi.

Lafziy izofadan ko‘zlangan maqsad qaratqichli birikmani yengillashtirishdan iborat bo‘lib, bu yengillashtirish ikkilik va to‘g’ri ko‘plikdagi morfologik ko‘rsatkich hisoblanuvchi ن ni tushirib qoldirish bilan bo‘ladi. Lafziy izofada tegishlilik ma’nosidan ko‘ra sifatlash ma’nosi ustunroq bo‘ladi. Masalan:

رأيت رجلا نصار المظلوم   - Men mazlumlarga yordam beruvchi kishini ko‘rdim.

عاشر رجلا حسن الخلق   - Yaxshi xulqli kishi bilan hamsuhbat bo‘ling.

Izofaning bu turi “majoziy izofa”)  (اضافة مجازيةham deb ataladi.[5]

Izofada birinchi bo‘lib keluvchi muzof ikkita morfologik ko‘rsatkichdan holi bo‘ladi. Ikki so‘z qaratqich va qaralmish munosabatiga kirishganda sintaktik, morfologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

  1. Qaralmish bo‘lib kelayotgan so‘zning oxirgi morfologik ko‘rsatkichi tanvin[6] bo‘lmaydi. Qaralmishdagi ikkilik va to‘g’ri ko‘plikni ifodalovchi morfologik ko‘rsatkichن tushib qoladi.

         Ustozning kitobi –  (emasكتابُ الأستاذ  (كتابٌ الأستاذ  

         Ustozning ikki kitobi –(emas كتابا الأستاذ (كتابان الأستاذ

         Ustozning o‘quvchilari –( emas متعلمو الأستاذ (متعلمون الأستاذ

  1. Qaralmish bo‘lib kelayotgan so‘z tegishlilik, oidlik ma’nosini ifodalovchi ma’naviy izofada kelganda holat kategoriyasining morfologik ko‘rsatkichi bo‘lgan ال ni olmasdan keladi.

Ustozning kitobi – (emas كتاب الأستاذ (الكتاب الأستاذ  

Lafziy izofada esa qaralmish ikkilik, to‘g’ri ko‘plikda bo‘lsa, ال ni qabul qilib kelishi mumkin.

           Salimning ikki ulug’lovchisi – المكرما سليم 

           Alining ulug’lovchilari – المكرمو علي

Shuningdek, bu kabi holatni qaratqich ikkita bo‘lganda ham kuzatish mumkin. Yoki  qaratqich o‘zining tarkibiy qismida bo‘lgan narsaga qaralmish bo‘lganda ham bu kabi holat, ya’ni ال bilan kelishi kuzatiladi. Masalan:

الود، انت المستحقة صفوه مني   و إن لم أرج منك نوالا 
Sevgi! Agar hadya istamagan bo‘lsam sendan,

Sen mendan bo‘lgan sof mehrga arziguliksan.

         Aynan bir bo‘lgan ikki turdosh ot qaratqichli birikma hosil qilmaydi. Masalan:

ليث الأسد    - sherning sheri kabi

Bu ikki so‘z atoqli ot bo‘ladigan bo‘lsa, محمد خالد - Xolidning Muhammadi kabi bo‘lishi mumkin.

         Aniqlanib kelayotgan so‘z o‘zining aniqlovchisi bilan qaratqichli birikma hosil qilmaydi. Masalan:

 رجلُ فاضلٍ - Fozilning kishisi.

Agar qaratqichli birikmada qaratqich tushib qolgan bo‘lsa, sifat bilan ot izofa hosil qilishi mumkin. Masalan:

مسجد الجامع  - Jome’ masjid

دار الآخرة   - Oxirgi diyor

Bu ikki so‘z birikmasida sifatdan oldin tushirib qoldirilgan ot so‘z turkumiga oid so‘z bo‘lgan. Boshqa biror bir holatda sifat bilan ot, agar sifat otlashmagan bo‘lsa, qaratqichli birikma - izofa hosil qilmaydi.

Yuqoridagi so‘z birikmasining to‘liq varianti quyidagicha:[7]

           Jamlovchi joy masjidi. مسجد المكان الجامع  

           Oxirgi hayot diyori. دار الحياة الآخرة  

Aniqlanib kelayotgan so‘z bilan aniqlovchi o‘rtasida qaratqichli birikma hosil qilish  mumkin. Masalan:

عظيم أمر   - ishning kattasi (katta ish)

جائبة خبر   - xabarning yangisi (yangi xabar)

Ko‘plikni ifodalovhchi yoki umumiylikni ifodalovchi so‘z bilan xususiylikni ifodalovchi so‘z qaratqichli birikma hosil qilishi mumkin.

شهر رمضان  - Ramazon oyi

يوم الجمعة  - Jum’a kuni

Arab tilida, shuningdek, غير (...dan boshqa, emas), كلا، كلتا (ikkala), كل (har bir, hamma), جميع (hamma), شتى (barcha), عدة (bir necha) so‘zlari o‘zidan keyin kelgan so‘z bilan qaratqichli birikma hosil qilib, bu so‘zlarning o‘zi muzof (qaralmish) vazifasida keladi. Ma’nolari aynan o‘zbek tili kabi qaratqichli aniqlovchi ma’nosida bo‘lmasligi ham mumkin. Bu esa arab tilining o‘ziga xosliklaridan hisoblanadi.

وصل جميع الضيوف المحترمين إلى عاصمة سوريا بكل سرور   

Barcha hurmatli mehmonlar xush kayfiyat bilan Suriya poytaxtiga yetib kelishdi.

غير so‘zi ot va olmoshdan oldin kelsa, “...dan boshqa” degan ma’noni ifodalaydi. Bu so‘z sifatdan oldin kelsa, o‘sha sifat mavjud emasligini ifodalaydi.

شتى المدعوين  اشتركوا غير الأفغانيين في المؤتمر الدولي

Afg’onlardan boshqa barcha taklif qilinganlar xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

دائما أقوال الأولاد ذوي القلب السليم غير سيئة 

Doimo samimiy qalbli bolalarning gaplari yomon emas.

كل  so‘zi ikki ma’noni ifodalaydi: har bir, hamma. كل so‘zidan keyin kelayotgan so‘z birlikda, holat kategoriyasining morfologik ko‘rsatkichi ال artiklisiz kelganda “har bir” degan ma’noni ifodalaydi.

      كل إنسان مسئول عن رعيته     Har bir inson qo‘l ostidagilarga javobgardir.

كل so‘zidan keyin kelayotgan so‘z ko‘plikda, holat kategoriyasining morfologik ko‘rsatkichi ال artikli bilan kelganda “hamma” degan ma’noni ifodalaydi.

          كل البيوت في المدينة مزودة بالمرافق العصرية      Shahardagi hamma uylar zamonaviy qulayliklar bilan ta’minlangan.

 

 Akmalxon Akmalxonov

 

 

 

[1] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 647 ص

[2] احمد الخاشمي. القواعد الأساسية .القاهرة. 282.1993 - ص

[3] عبد الرحمان بن محمد الانبري. اسرار العربية. (بتحقيق محمد البيطار)- دمشق.1958 .-279- ص

 

[4] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 648 ص

 

[5] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 650 ص

[6] Arab tilida ism so‘z turkumi belgisi. So‘z oxirida “un”, “an”, “in” lar tanvin hisoblanadi.

[7] شرخ الأشموني (1/308)

مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 650 ص

ЭЛЕКТРОН ДАСТУРЛАР

Андроид дастурлар

Рейтинг@Mail.ru

АНВАР АҲМАД

1977 йил Наманган шаҳрида туғилган. “Ал-Азкор”, “Риёзус солиҳийн”, “Маккаи мукарраманинг эски ва янги тарихи” китобларининг таржимони. 2003-йилдан бери Тошкентдаги турли тил марказларида араб тилидан дарс беради. www.arabic.uz веб сайтининг бош муҳаррири. Ва яна араб тили ва грамматикасига оид “Мабдаъ ул-қироат”, “Мабдаъ ус-сарф”, “Мабдаъ ун-наҳв”, “Шифоҳийя”,  “Истифтоҳ”, “Тафсилу акмалий”, “Ҳаракот”, “Авомил”, “Заририй”, “Ўқиш асослари”китобларини нашрга тайёрлаган. Ёш болаларга расмли “Алифбо”, “Ўқиш китоби” ва "Араб грамматикасидаги феъллар" номли қўлланмалар муаллифи.

МАҚСАДИМИЗ

Миллий қадриятларимиз, маънавий бой меросимизни тиклаш ва уларни чуқур ўрганиш, унинг мазмун-моҳияти ва аҳамиятини халқимиз ўртасида тарғиб этиш, имом Замахшарий, Абдураҳмон Жомий каби бобокалонларимиз ижод қилган араб тили ва грамматикасига бўлган рағбатни қондириш, сақланаётган тарихий ва нодир қўлёзмаларни авлодларга етказиш, аждодларимиз ҳаёти, ахлоқи ва юксак маънавиятини ифодаловчи матнларни таржима қилиб, ёшлар қалбида улар қолдирган меросга ҳурмат, эъзоз ва муҳаббат туйғусини шакллантириш.

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ:  [email protected]