أهلا وسهلا ومرحبا إلى صحيفتنا
01 / 01

أهلا وسهلا ومرحبا إلى صحيفتنا

Саҳифамизга хуш келибсиз, марҳабо!

Ekslitsit va implitsit tarzda ko‘plik ifodalash

الجمع السالم و جمع التكسير في الاسم

 Ekslitsit va implitsit tarzda ko‘plik ifodalash

O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosinining ifodalanishiga doir tadqiqotlarda ot kategoriya talqini keng o‘rin egallaydi.[1] Xususan ko‘plikning –lar morfologik ko‘rsatkichi orqali ifodalanishiga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosiy qismni tashkil etadi.

O‘zbek tilshunosligida ham son kategoriyasi tahliliga doir tadqiqotlarning aksariyati ko‘plikni ifodalash turlariga bag’ishlangan. “O‘zbek tiliga nisbatan “faqat birlikda ishlatiluvchi otlar”,  “faqat ko‘plikda ishlatiluvchi otlar” haqida emas, balki –lar affiksini oluvchi va –lar olmaydigan otlar haqida, bularning o‘z ichki ma’no guruhlanishi haqida gapirish ma’qul. –lar olmaslik turlicha sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi.”[2]

Arab va o‘zbek tillarida ham birlikni ko‘rsatuvchi maxsus qo‘shimcha yo‘q. Ko‘plik qo‘shimchasining ishtirok etmasligi otning birlikda ekanligini ko‘rsatadi (o‘qituvchi - مُدَرِّسٌ). Biroq ba’zi so‘zlar birlik shaklida bo‘lsa ham, predmetning to‘dasini bildiradi. Masalan:

Avtomobil Andijonda ishlab chiqariladi – تصنع السيارة في أندجان

Bu ko‘plikning semantik usul bilan ifodalanishi, deb ham aytiladi.[3]

         Ko‘plik ma’nosini anglatuvchi ot o‘z semantik xususiyatiga ko‘ra birlik shaklda qo‘llanaveradi. Shuningdek, sof ko‘plik ma’nosi bilan bog’langan predmelarning nomi ham birlikda qo‘llanadi. Bunday otlar ko‘plik qo‘shimchasini olganda predmetning son jihatdan ko‘pligini emas, balki boshqa konseptual ma’nolarni ifodalaydi.

Taniqli tilshunos A.G’ulomov  “O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi” nomli kitobida –lar shaklining polisemantik ma’nolarini ko‘rsatib bergan. Olim oz’bek tilidagi ko‘plikning uch xil: morfologik, leksik, sintaktik ifodalanishini belgilab, bularninig uchinchisi qadimiy ekanligini ta’kidlaydi.[4] Olim –lar affiksining 13 ta ma’nosini ko‘rsatib o‘tadi, ya’ni predmet sonining ortiqligi; tur ma’nosi; shaxsga hurmat; kulgi, masxara; ma’noni kuchaytirish; umumlashtirish; ish-harakatni uzoq davom ettirish; taxmin; chegaralash; ko‘plikni ta’kidlash.

         “Ozbek tili grammatikasi”da –lar qo‘shimchasi quyidagicha talqin qilinadi: “So‘zning morfologik strukturasida son kategoriyasining shakli sifatida qatnashadigan –lar qo‘shimchasining ma’nolarini uch guruhga bo‘lish mumkin: sof  ko‘plik ma’nosi, ottenkali ko‘plik ma’nosi, ko‘plik ifodalamaydigan ma’nolari”.[5]

         [6]Arab tilshunoslaridan Mustafa G’alayiniy: “Ko‘plik – ikkitadan ko‘p bo‘lgan ism oxiriga qo‘shimcha qo‘shish yoki so‘z o‘zagining o‘zgarishi,” – deydi.

         [7]Abdurahmon ibn Muhammad Anbariy aytishicha: “Ko‘plik ikkitadan ko‘p sonni ifodalovchi o‘zgarmas shakldir.”

         [8]Sulaymon Fayyoz: “Ko‘plikdagi ism ikkitadan ko‘p ma’nosini ifodalovchi ism bo‘lib, so‘z oxiriga qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil qilinadi.”        Arab tilida ham ko‘plik morfologik usulda yasalib, so‘z oxiriga muzakkar so‘zlar uchun ُونَ va muannas so‘zlar uchun َاتٌ qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi.

O‘zbek tilidan farqli ravishda –lar ma’nosi arab tilida ikkita morfologik ko‘rsatkich bilan ifodalanib, bir-biridan qaysi jinsni ifodalashiga qarab farqlanadi.

Arab tilida ko‘plik eksplitsit va implitsit tarzda ifodalanadi. Eksplitsit ko‘plik ma’lum ko‘plik markeri ishtirokida yasaladi. Implitsitlik esa ko‘plik ma’nosining bevosita so‘zlar o‘zagi vositasida ifodalanishi tushuniladi.[9]

Arab va o‘zbek tillarida ko‘plik quyidagi leksik-grammatik usullar vositasida ifodalanadi:

  • Ko‘plik morfologik ko‘rsatkichlari vositasida;
  • Son bilan;
  • Kishilik ko‘rsatish formalari vositasida;
  • Ko‘plik ma’nosini ifodalovchi so‘zlar vositasida.

Arab tilida eksplitsit tarzda ko‘plik ot so‘z turkumiga oid so‘z oxiriga  ُونَ va  َاتٌ qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Bu jihati bilan ko‘plik 2 ga bo‘linadi:

  1. جمعُ مُذَكَّرٍ سالمُ - to‘g’ri muzakkar ko‘plik.
  2. جمعُ مُؤَنَّسٍ سالمُ - tog’gri muannas ko‘plik.

Muzakkar to‘g’ri ko‘plik yuqorida aytganimizdek, ُونَ qo‘shimchasi bilan yoki bosh kelishikdan boshqa holatda ِينَ bilan ifodalanadi.

Mo‘minlar najot topdilar – قد أَفْلَحَ المؤْمنون

Senga bittagina harfni o‘rgatadigan ustozlarni hurmat qil – أكرم المدرسين الذين يعلمونك حرفا

Muannas to‘g’ri ko‘plik  َاتٌ morfologik ko‘rsatkichi bilan muannas so‘zlardan ko‘plik hosil qiladi.

Hozir Respublikamizda tirishqoq olima ayollar ko‘p.  في الحاضر العالمات المجتهدات كثيرات في جمهوريتنا

Muzakkar to‘g’ri ko‘plik shartlari:

  1. Atoqli otlardan ko‘plik yasalmaydi. خَالِدٌ، أَحْمَدُ kabi
  2. Siniq ko‘plikda bo‘lgan otlardan to‘g’ri ko‘plik hosil qilinmaydi. كاتبٌ ko‘pligi كتَابٌ kabi كاتبونَ  - كاتبٌ 

Mamdud so‘zlar ko‘pligi   ُونَ bilan emas, وُونَ bilan hosil qilinadi. ُونَ bilan asliy morfologik ko‘rsatkichi hamza bilan tugagan mamdud ismlar yasaladi.

To‘lib toshuvchi -to‘lib toshuvchilar – زكْرِياءُ زكْرِياوُونَ -        

O‘quvchi – o‘quvchilar – قُرَّاءٌ - قُرَّاؤُونَ

Maqsur so‘zlar ko‘pligi hosil qilinganda oxirgi morfologik ko‘rsatkichi tushib qoladi:

Tanlangan – tanlanganlar – مُصْطَفًي - مُصْطَفُونَ

Manqus (oxirgi morfologik ko‘rsatkichi و yoki ي bo‘lgan otlar) otlarda ko‘plik hosil qilinganda oxirgi morfologik ko‘rsatkichi tushib qoladi:

Sudya – sudyalar – القاضِي - القاضُونَ

Muzakkar to‘g’ri ko‘plik yuqorida aytilganidek, َاتٌ bilan hosil qilinadi. َاتٌ morfologik ko‘rsatkichi quyidagi so‘zlar bilan ko‘plik hosil qilmaydi:

  1. Ayol kishini ifodalovchi atoqli otlardan: مَرْيَمُ، دَعْدُ
  2. ةٌ bilan tugab, siniq ko‘plikda ko‘pligi yasaladigan muannas so‘zlardan: meva – mevalar – ثَمَرَةٌ - أَثْمارٌ

Mamdud so‘zlar ko‘pligi   َاتٌ bilan emas, وَاتٌ bilan hosil qilinadi.

Sahro – sahrolar – صَحْرَاءُ - صَحْرَاوَاتٌ

Maqsur so‘zlar ko‘pligi   َاتٌ bilan emas, يَاتٌ morfologik ko‘rsatkichi bilan hosil qilinadi.

Homilador – homiladorlar – حُبْلَي - حُبْلَيَاتٌ

Asl morfologik ko‘rsatkichi و bo‘lgan so‘zlardan ko‘plik  يَاتٌ bilan emas, وَاتٌ bilan yasaladi.

Namoz  – namozlar – صَلاةٌ - صَلَوَاتٌ            hayot – hayotlar – حَيَاةٌ - حَيَوَاتٌ

         Arab tilining o‘zbek tilidan yana farqli jihatlaridan biri, so‘z o‘zagi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘plik. Bu ko‘plik tilshunoslikda implitsit, arab tilida جمع التكسير, deb nomlanadi.

         Mustafa G’alayiniy: “Siniq ko‘plik – 2 tadan ko‘p ekanligini ifodalovchi, ko‘plikdagi vaznining birlikdagi vaznidan o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan son kategoriyasi,” – deb talqin qiladi.[10]

         Sulaymon Fayyoz yuqoridagi fikrni davom ettirib: “Turli xil vaznlarda yasaladi. Bu vaznlarning ko‘pchiligi simoiydir,” – deb aytadi.[11]

         Abdurahmon ibn Muhammad Anbariy: “Siniq ko‘plik deb aytilishiga sabab, bu ko‘plik idishning sinishiga o‘xshashligidadir,” – deb izohlaydi.[12]

         So‘zning o‘zagi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘plik siniq ko‘plikdir. Masalan: عالمٌ - olim                   عُلَمَاءُ - olimlar,      كاتِبٌ - yozuvchi     كُتَّابٌ - yozuvchilar

Vazndagi o‘zgarish:

  • birlikda turgan so‘zga harflarni qo‘shish bilan: قَلَمٌ - qalam  أَقْلامٌ– qalamlar,  مِصْباحٌ - chiroq          مَصَابِيحُ– chiroqlar
  • birlikda turgan so‘zning harflari tushirib qoldirilishi bilan: رَسُولٌ - elchi  رُسُلٌ– elchilar,    غرفةٌ  - xona غرف - xonalar, سِدْرَةٌ - (suvda o‘sadigan) gul        سِدَرٌ -gullar
  • birlikda turgan so‘zning unli harflari o‘zgarishi bilan: أَسَدٌ - sher أَسْدٌ - sherlar

Siniq ko‘plik miqdorni ifodalashiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:

  • Oz miqdorni ifodalovchi ko‘plik جَمْعُ قِلَّةٍ
  • Ko‘p miqdorni ifodalovchi ko‘plik جَمْعُ كَثْرَةٍ

Oz miqdorni ifodalovchi ko‘plik 3 tadan 10 tagachani ifodalab keladi.  Masalan: حَمْلٌ  - yuk, أَحْمَالٌ - )3 tadan 10 tagacha bo‘l’gan( yuklar

Ko‘p miqdorni ifodalovchi ko‘plik esa 3 tadan boshlanib, nihoyasi yo‘q ko‘plik miqdorni ifodalaydi. حَمْلٌ  - bitta yuk, حُمُولٌ - (nihoyasi yo‘q) yuklar

Oz yoki ko‘p miqdorni ifodalab kelayotgan ko‘plikdagi otning "ال" qo‘shimchasini olishi, ko‘plik egalik olmoshlarini qabul qilganidan ko‘p miqdorni ifodalovchi ko‘plik ekanini bilib olish mumkin.

النَاسُ - kopgina insonlar أُنَاسٌ - insonlar      إِنْسانٌ - inson

Otlar siniq ko‘plikda 3 ta harf o‘zakli قَلْبٌ - قُلُوبٌ , 4 ta harf o‘zakli دِرْهَمٌ - دِراهِمُ 5 ta harf o‘zakli مِصْباحٌ - مَصَابِيحُ bo‘ladi. Bu 5 ta harf o‘zaklida oxirgi harfdan oldingi cho‘ziq unli kasal, noo‘zak harf sifatida so‘zga qo‘shilgan. Bundan ortiq miqdorda ko‘plik hosil bo‘lmaydi. 5 ta harf o‘zak harfdan tashkil topgan otlardan siniq ko‘plik yasalganda oxirgi harfi tushirib qoldiriladi. Masalan:

عَنْدَلِيبٌ - عَنَادِلُ - bulbul,  سَفَرْجَلٌ - سَفَارِجُ- behi, جَحْمَرِيشٌ - جَحَامِرُ - qari ayol

Arab tilida shuningdek salanib kelayotgan so’z miqdoriga ko’ra quyidagi turga bo’linadi:

Oz miqdorni ifodalovchi ko‘plik      جَمْعُ قِلَّةٍ

Oz miqdorni ifodalovchi ko‘pliklar arab tilida alohida qolip-vaznga ega bo‘lib, bu vaznlar soni 4 ta.

  1. أَفْعُلٌ. Bu vazn asosida 3 o‘zakli otlarning va 4 o‘zakli muannas otlarning oz miqdorni ifodalovchi ko‘pliklari hosil qilinadi.

3 o‘zakli otlarning فَعْلٌ vazninig ko‘pligi shu vazn asosida. Masalan: jon – نَفْسٌ - أَنْفُسٌ, ko‘z – عَيْنٌ - أَعْيُنٌ

4 o‘zakli deb aytganimiz 4 harfdan tashkil topgan so‘zlar. يَمِينٌ - أَيْمِنٌ - o‘ng

  1. أَفْعَالٌ. Bu vazn asosida hamma 3 o‘zakli otlarning ko‘pligi hosil bo‘ladi.

جَمَلٌ – أَجْمَالٌ - tuya, كَبِدٌ - أَكْبَادٌ - jigar, عِنَبٌ - أَعْنَابٌ - uzum

  1. أَفْعِلَةٌ. Oxirgi harfdan oldin cho‘ziq unli kelgan otlardan shu vazn asosida ko‘plik hosil qilinadi.

غُلَامٌ - أَغْلِمَةٌ - xizmatchi, طَعَامٌ - أَطْعِمَةٌ - taom, رَغِيفٌ - أَرْغِفَةٌ - obinon

  1. فِعْلَةٌ. Bu vazn birlikda turli vaznlarda bo‘lgan otlardan ko‘plik hosil qiladi.

شَيْخٌ - شِيخَةٌ - (keksa) chol, صَبِيٌّ - صِبْيَةٌ - bola, غَزَالٌ - غِزْلَةٌ - kiyik

Ko‘p miqdorni ifodalovchi ko‘plikning 16ta vazni bo‘lib, ba’zilarini keltirib o‘tamiz:

فُعُلٌ → كُتُبٌ – كِتابٌ  - kitob                  سُرُرٌ - سَرِيرٌ - krovat

 فُعَلٌ →  غُرَفٌ - غُرْفَةٌ - xona       حُجَجٌ - حُجَّةٌ  - hujjat

 فِعَالٌ  →  جِبَالٌ - جَبَلٌ - tog’                   ثِيَابٌ - ثَوْبٌ - kiyim

 فُعْلانٌ  →  ظُهْرَانٌ - ظَهْرٌ - bel      بُطْنَانٌ – بُطْنٌ - qorin

 أَفْعِلَاءُ  →  أَنْبِيَاءُ - نَبِيٌّ - payg’ambar    أَوْلِيَاءُ - وَلِيٌّ - valiy

         Tahlilimiz shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda –lar ko‘plik shakli quyidagi mushtarak va farqli ma’no semalariga ega:

  • So‘zning umumlashtiruvchi ma’nosi sof grammatik ko‘plik ma’nosi bilan kuchaytiriladi.

Kitoblar yozildi – كُتِبَتِ الكُتُبُ

  • O‘zbek tilida mashhur shaxs yoki asar qahramonlarining nomlariga –lar qo‘shilganda sof ko‘plik emas, balki “ko‘plik - o‘xshatish” ma’nosi ifodalanadi. Arab tilida esa ko‘plik hosil bo‘ladi, lekin “ko‘plik - o‘xshatish” ma’nosida emas.

Bu yurtga Buxoriylar qaytajak

  • Arab tilida –lar ma’nosini beruvchi morfologik ko‘rsatkichlar o‘zbek tilidagi ko‘rsatkichlardan ko‘p. Lekin o‘zbek tilidek ko‘p sanalarga ega emas.
  • Arab tilida ko‘plikdan ko‘plik hosil qiliadi.

زَهْرٌ - gul     زُهُورٌ – gullar          زُهُورٌ dan أَزَاهِيرُ

  • Bu kabi holatni o‘zbek tilida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda kuzatish mumkin.

خَبَرٌ - xabar           أَخْبَارٌ - xabarlar. O‘zbek tilida “xabarlar” - أَخْبَارَات axborot. أَوْلِيَاءُ - وَلِيٌّ - valiy. O‘zbek tilida “avliyolar”, “valiylar” desak, birlikdan ko‘plik yasalishi asosida bo‘ladi. “Avliyolar” esa ko‘plikdagi otga yana ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilindi.

O‘zbek tilida son bilan sanab bo‘lmaydigan suv, un, ko‘mir, yog’ kabi so‘zlar ko‘plik qo‘shimchasini olganda tur ma’nosini ifodalaydi. Viloyatlarda qishga ko‘mirlar (qo‘ng’ir, tosh) olish kerak. Arab tilida yuqoridagi so‘zlar birlik va kerakli o‘rinlarda ko‘plikda qo‘llaniladi, lekin tur ma’nosini ifodalamaydi. Har ikkala tilda yuqoridagi otlar tasviriylikni, ifodalilikni, kuchaytirish va shu kabi boshqa ma’nolarni anglatganda ko‘plikda ishlatiladi.

Daryo toshqin, suvlar to‘lqin, o‘tolmayman-ey.

Chuchuk suvlar katta ne’matdir – المِيَاهُ العَذْبَةُ نِعْمَةٌ كَبِرَةٌ

Oila a’zolari, yaqinlarni ifodalashda –lar ko‘plik shakli qo‘llanib, umumlashtirish, hurmatlash, jamlash ma’nolarini ifodalaydi. Arab tilida bu kabi holat kuzatilmaydi.

Bobomlar har tong bizni uyg’otib, buvimlar bilan hikoya o‘qib beradilar.

يُيقظنا جدنا كل صباح فيقرأ مع جدتي الحكاية

O‘zbek tilida geografik joy nomlari –lar affiksini olsa, shu ot bildirgan joyni ham o‘z ichiga olgan kengroq masofa, hudud ifodalanadi. Arab tilida ko‘plikning ikki turi ham bunday ma’noni ifodalashda qo‘llanmaydi.

O‘zbek tilida “Misrlarga borib kelgan” deyilsa, arab tilida bu gap faqat ko‘plik qo‘shimchalarisiz, ya’ni: قد جاءَ إلي مِصْرَ shaklida qo‘llaniladi.

O‘zbek tilida geografik makon ifodalaganda otlar taxmin ma’nosida ham keladi.[13]

Siz so‘ragan joy Namanganlarda bo‘lsa kerak.

Arab tilida bu kabi holat kuzatilmaydi.

  • O‘zbek tilida –lar qo‘shimchasi mansab, lavozimni ifodalovchi otlarga qo‘shilganda, ko‘plik ma’nosini ifodalab keladi. Arab tilida ham ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ko‘plik ma’nosini ifodalab kelib, bu jihat bilan o‘zbek tiliga o‘xshashdir.

وَصَلَ الرُؤَسَاءُ من البلدان العربية إلي عاصمة أوزبكستان

Arab davlatlarining prezidentlari O‘zbekiston poytaxtiga yetib kelishdi.

  • Arab tilida atoqli otlar ko‘plikda kelishi shart qilinsa, ال qo‘shimchasini olgan ot ُونَ , muannas bo‘lsa, َاتٌ qo‘shimchasini oladi.

Muhammadlar - المُحَمَّدُنَ           Fotimalar - الفَاطِمَاتُ

         O‘zbek tilida “ser” old qo‘shimchasi otga qo‘shilib, semantik jihatdan ko‘plikni ifodalaydi. Ammo mazkur qo‘shimcha orqali otdan sifat yasaladi. Serfarzand, sermeva. Arab tilida ko‘plik semasini berib, otdan sifat yasovchi bu kabi old qo‘shimcha kuzatilmaydi. O‘zbek tilidagi “ser” old qo‘shimchasini arab tilida ذُو bog’lovchi so‘z bilan tarjimada berish mumkin.

Farzandlarimiz serdavlat, serfarzand bo‘lishsin!

يَكُونَ أَولادُنا ذَوِ الأولاد و الأمْوَالِ!

-lar affiksi o‘zbek tilida olmoshlarga qo‘shilib kelganda ham, ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi:

Ehhe, bu bolalar nimalar qilishmaydi kelajakda.

Arab tilida ko‘plik affiksi olmoshlarga qo‘shilib kelmaydi.

O‘zbek tilida “sen” ikkinchi shaxs kishilik olmoshi ham grammatik ko‘plik shakli –larni qabul qiladi. Bu holda befarqlik, kesatish ma’nolari ifodalanadi.

         Arab tilida ikkinchi shaxs va boshqa kishilik olmoshlarga ham ko‘plik affiksi qo‘shilmaydi.

         Ko‘plikni sintaktik usulda ifodalanishi har ikki tilda ham teng tarqalgan.

Otdan oldin son kelganda:

Biz oilada 7 kishidan iboratmiz       عَائِلَتُنَا عِبَارَةٌ عَنْ سبعة أَشخاص

Sonning ot bilan birikishi arab va o‘zbek tillarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘zbek tilida noaniq ko‘plik –lar (affiksal) morfema bilan ifodalangan bo‘lsa, aniq ko‘plikda, ya’ni otning oldida son kelganda ot oxiridagi –lar qo‘shimchasi tushib qoladi. “Oilamiz 7 kishidan iborat”, “7 kishilardan” emas.

         Arab tili esa Hind-Yevropa tillariga o‘xshab ko‘plik ma’nosini ko‘rsatuvchi grammatik affiksal morfemalar narsalarning aniq soni berilganda ham ot tarkibida saqlanadi. Three pens (pen emas), три ручки (ручка emas), ثَلاثَةُ أَقْلامٍ ( قَلَمٌ emas).

         O‘zbek tilida “ko‘p”, “turli”, “bir qancha”, “barcha”, arab tilida "كَثِيرٌ"، "مُخْتَلِفٌ"، "عِدَّةٌ"، "جَمِيعٌ" kabi miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llangan otlar ham mavhum yoki nisbiy ko‘plikni ifodalaydi.

Bir necha kitoblarni o‘qib o‘zingni olim hisoblama  لا تحسب نفسك بعد ما قرأت عدَّةَ كتب

Juda oz insonlar bu haqiqatni anglaydilar يفهم هذه الحقيقة قليل جدا من الناس

Turli kiyim-kechaklar sotiladigan bozorlar shaharning ko‘p joylarida bor

في كثرة أمكان المدينة أسواق قباع فيها الألبسة المختلفة

Misollardan ko‘rinib turibdiki, -lar ikkala tilda miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llangan otlarda –lar qo‘shimchasini olish holatlari mavjud.

 Akmalxon Akmalxonov

 

 

[1]Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Т.: Фан. 1944. -56 б.

[2] Ўзбек тили грамматикаси I (Морфология). –T.: Фан. 1975. -126 б.

[3]Шоабдурахмонов ш ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. -Т.: Ўқитувчи. 1980. -218 б.

[4] Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Т.: Фан. 1944. -56 б.

[5] Ўзбек тили грамматикаси .I қисм (Морфология). –T.: Фан.1975. -127 б.

[6] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 215 ص

[7]  عبد الرحمان بن محمد الانبري. اسرار العربية. (بتحقيق محمد البيطار)- دمشق.1958 .-48- ص

[8] سليمان فياز. النحو العصري الرياض.1992.- 30-ص

[9]  Бўронов Ж. Инглиз ва ўзбек тиллари қиёсий грамматикаси. -Т.: Ўқитувчи. 1976. -135 б.

[10]  مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 223 ص

[11]  سليمان فياز. النحو العصري. الرياض.1992. 302 ص

[12]   عبد الرحمان بن محمد الانبري. اسرار العربية. (بتحقيق محمد البيطار)- دمشق.1958 .-63-ص

[13] Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Т.: Фан. 1944. -32 б.

ЭЛЕКТРОН ДАСТУРЛАР

Андроид дастурлар

Рейтинг@Mail.ru

АНВАР АҲМАД

1977 йил Наманган шаҳрида туғилган. “Ал-Азкор”, “Риёзус солиҳийн”, “Маккаи мукарраманинг эски ва янги тарихи” китобларининг таржимони. 2003-йилдан бери Тошкентдаги турли тил марказларида араб тилидан дарс беради. www.arabic.uz веб сайтининг бош муҳаррири. Ва яна араб тили ва грамматикасига оид “Мабдаъ ул-қироат”, “Мабдаъ ус-сарф”, “Мабдаъ ун-наҳв”, “Шифоҳийя”,  “Истифтоҳ”, “Тафсилу акмалий”, “Ҳаракот”, “Авомил”, “Заририй”, “Ўқиш асослари”китобларини нашрга тайёрлаган. Ёш болаларга расмли “Алифбо”, “Ўқиш китоби” ва "Араб грамматикасидаги феъллар" номли қўлланмалар муаллифи.

МАҚСАДИМИЗ

Миллий қадриятларимиз, маънавий бой меросимизни тиклаш ва уларни чуқур ўрганиш, унинг мазмун-моҳияти ва аҳамиятини халқимиз ўртасида тарғиб этиш, имом Замахшарий, Абдураҳмон Жомий каби бобокалонларимиз ижод қилган араб тили ва грамматикасига бўлган рағбатни қондириш, сақланаётган тарихий ва нодир қўлёзмаларни авлодларга етказиш, аждодларимиз ҳаёти, ахлоқи ва юксак маънавиятини ифодаловчи матнларни таржима қилиб, ёшлар қалбида улар қолдирган меросга ҳурмат, эъзоз ва муҳаббат туйғусини шакллантириш.

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ:  [email protected]